ARM dan foydalanish qoidalari
1. Umumiy qoidalar
- Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati demokratiya, insonparvarlik, umumiy foydalanishga k,ulaylik, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, fuk,arolilik, shaxsning erkin kamol topishi printsiplariga asoslanadi.
- ARMdan foydalanish bepul, ARM tomonidan korsatila- digan pullik xizmatlarning ayrim turlari royxati, ular uchun tolanadigan haq miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
- Universal axborot resurslarini, milliy va chet el nashr- lari (bosma, audiovizual, elektron nashrlar va boshqalar) fondini shakllantirish, saqlash va berish.
- Foydalanuvchilarga ARMda hamda mintaqaning axborot-kutubxona markazi (AKM)dagi hujjatlar va boshqa materiallarni olish imkoniyatini yaratish.
3. Foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
3.1. ARMdan foydalanish huquqi mazkur ARM xizmat korsata- digan hududda yashaydigan, fuqaroligi, yoshi, ijtimoiy va boshqa jihatdan mansubligidan qati nazar, barcha aholiga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga beriladi. Ushbu huquq axborot resurslari bilan toldirishning, axborotlarni, shu jumla- dan kutubxonalararo abonement tizimi orqali berish, shuningdek kutubxona - axborot xizmati korsatishning boshqa shakllari bilan taminlanadi.3.2. Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida yetkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish;
bibliografik, malumotnoma-axborot xizmatidan hamda ARM tomonidan korsatiladigan xizmatlarning boshqa turlaridan foydalanish;
ARM tomonidan otkaziladigan axborot-ommaviy tadbirlarda qatnashish;
ARMning jamoat kengashiga saylash va saylanish.
3.3. Foydalanuvchilar ARMga azo bolish uchun tugilganlik togrisidagi guvohnomani, pasportini yoki uning ornini bosadigan hujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etadilar hamda kitobxon biletini va royxatdan otkazish varaqasini rasmiylash- tirish uchun malumotlar beradilar.
Boshqa shaharlik fuqarolar vaqtinchalik kitobxon biletini pasportini yoki uning ornini bosadigan hujjatni korsatgan holda oladilar.
Boshqa mamlakat fuqarolari biletni oz mamlakati pasporti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida oladilar.
3.4. Foydalanuvchilarga biryola foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi.
Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek elon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.
3.5. ARM fondlarida zarur hujjatlar mavjud bolmagan taqdirda foydalanuvchilar ularga nusxalarini mintaqaning AKMdan olishi mumkin.
3.6. Foydalanuvchilar ARMdan olingan hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.
Foydalanuvchi hujjatlar va materialllarni olishda ularni kozdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu togrida ARM xodimiga malum qilishi kerak.
3.7. ARM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.
3.8. ARM fondidan olingan hujjatlar va materiallarni yoqotgan yoxud ularga tiklab bolmaydigan darajada ziyon yetkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday yoki ARM xodimlari tomonidan teng qimmatli deb etirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almash- tirishi, almashtirish mumkin bolmagan taqdirda ularning qiymati- ni bir necha baravar miqdorda tolashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda tolanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan, yoqotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
3.9. ARMdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun foydala- nuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM mamuriyati tomoni- dan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.
4. ARMning foydalanuvchilarga xizmat korsatish boyicha majburiyatlari
4.1. ARM fondlaridagi hujjatlar va materiallarni ularning saqlanishini taminlovchi belgilangan qoidalarga muvofiq hisobga olish, saqlash va foydalanishni amalga oshirish; malumotnoma-bibliografik apparatni, shu jumladan elektron katalogni yuritish; tavsiyanoma tusidagi bibliografik qollanmalarni ishlab chiqish.
4.2. ARM quyidagilarga majbur:
foydalanuvchilarni ARMdagi va undan tashqaridagi barcha axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati bilan taminlash;
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini organish va eng toliq qondirish;
kutubxona, bibliografik, malumotnoma-axborot xizmati korsatishni takomillashtirish, ushbu maqsadlarda foydalanuvchilar bilan yakka tartibda va guruhlar boyicha ish olib borishning turli shakllaridan foydalanish;
foydalanuvchilarga xizmat korsatishda yuksak madaniyat va malakalilikni taminlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirib topish va olishda zarur yordam korsatish;
foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotlarga bolgan ehtiyojlarini organish asosida turli manbalardagi axborot resurs- larini bergan holda tabaqalashtirilgan kutubxona-axborot xizmati korsatishni amalga oshirish;
zarur axborotni qidirib topishga okitishda mustaqillikni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish va mustaqil ravishda talim olish konikmalarini rivojlantirishga komaklashish;
fondlarda zarur hujjatlar va materiallar mavjud bolmagan taqdirda ularni qidirib topish ishlarini amalga oshirish hamda ularni kutubxonalararo abonement, shu jumladan xalqaro abonement tizimi orqali taqdim etish;
ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada otkazish;
ARMning ijobiy nufuzini yaratishga komaklashish, ARM fond- larini va uning tomonidan korsatiladigan xizmatlarni reklama qilish, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini organish hamda ularning talablariga muvofiq yangi xizmatlarni tashkil etish.
Axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari
respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish
boyicha idoralararo kengash majlisining
2006 yil6 noyabrbayonnomasi bilan tasdiqlangan