ARM nizomi
Toshkent shahri Mirobod tumani 110-maktab qoshidagi ARM nizomi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o’rinlarda ARM deb ataladi) ta’lim muassasasi huzurida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida»gi 2006 yil 20 iyundagi qarori asosida tashkil etiladi.
- ARM ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo’ysunadi.
- ARM ta’lim muassasasi tomonidan uning tarkibiy bo’linmasi sifatida mablag’ bilan ta’minlanadi.
1.4. ARM o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- siga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, ta’lim muassasasi ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
1.5. ARM o’z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanishga huquqini ta’minlaydi.
1.6. Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro’yxati, ularni ko’rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydala- nish qoidalarida belgilanadi.
- ARMga umumiy rahbarlik qilish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
- Barcha idoralarning ARMlari ishlariga umumiy tashkiliy-metodik rahbarlikni, ularning ishlarini muvofiqlashtirishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali:
O’zbekiston Milliy kutubxonasi - barcha idoralar uchun respub- lika metodik markazi, Idoralararo kengashning ishchi organi orqali;
Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi - Oliy o’kuv yurtlari ARMlarining metodik markazi orqali;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti - O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ARMlarining metodik markazi orqali;
Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi – Umumta’lim o’quv yurtlari ARMlarining metodik markazi orqali;
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari - mintaqaviy metodik markazlar orqali amalga oshiradi.
2. Asosiy vazifalari
2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchi- larning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashish.
- Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ’ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo’lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratish.
- Axborotlarga bo’lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlar- dan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumot- larning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati ko’rsatish.
2.4. Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchi- larni axborotlar qidirishning zamonaviy metodlariga o’qitish.
2.5. Kutubxona-axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiya- larini va kompüyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirish.
2.6. Ta’lim muassasasi sohasiga va foydalanuvchilarning axborot- larga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini shakllantirish. Ma’lumotlar qidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish.
2.7. Madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aktsiyalarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek foydalanuvchi- larning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada to’liq qondirish uchun ARMlar, axborot-kutubxona markazlari (AKMlar), kutubxonalar, ta’lim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlashtirish va kooperatsiyalashni rivojlantirish.
2.8. Kutubxona xizmatlari ro’yxatini kengaytirish, ARMni texnik jihozlash, kutubxona-axborot jarayonlarini kompüyuterlash- tirish asosida xizmatning sifatini oshirish.
3. Asosiy funktsiyalari
3.1. O’quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo’yicha kitoblar berishning boshqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo’yicha xizmat ko’rsatish metodlarini qo’llangan holda, foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko’rsatishni tashkil etadi.
3.2. O’quv yurti kafedralarida, o’quv markazlarida, laboratoriya- larida shakllantirilgan elektron axborot resurslarini to’plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. Elektron katalog- lashtirish bibliografik axborotni taqdim etish va uzatishning xalqaro formatlari (MARS formatlari) talablariga qatüiy muvofiq holda olib boriladi.
ARM foydalanuvchilarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida ma’lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo’li bilan umumta’lim muassasalarining axborot resurs- larini shakllantirishi mumkin.
3.3. Foydalanuvchilarni asosiy kutubxona-axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi:
· kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona axborotlari berishning boshqa shakllari orqali kutubxona fondi tarkibi to’g’risida to’liq axborot beradi;
· matbaa asarlari va boshqa hujjatlarni qidirish va tanlashda maslahat yordami ko’rsatadi;
· kutubxona fondlaridan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun beradi;
· boshqa ARM, AKM va kutubxonalardan kutubxonalararo abonement bo’yicha hujjatlar oladi;
· ta’lim muassasasining ilmiy va o’quv ishlariga yordam sifatida bibliografik ko’rsatkichlar, adabiyotlar ro’yxatlari tuzadi; tematik, adresli va boshqa bibliografik ma’lumotlar beradi; bibliografik obzorlar o’tkazadi; kitob ko’rgazmalari tashkil qiladi;
· foydalanuvchilar, rahbariyat, professor-o’qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojini aniqlaydi, o’rganadi va muntazam ravishda aniqlashtirib boradi.
3.4. Foydalanuvchilarga boshqa xizmatlar, shu jumladan ro’yxati ARMdan foydalanish qoidalarida belgilanadigan pullik xizmatlar ko’rsatadi. Kichik va o’rta biznes korxonalariga, uyushmalar va boshqa tashkilotlarga shartnomalar bo’yicha kutubxona-axborot xizmati ko’rsatishni tashkil qiladi. Kitobxonlarga kutubxonalararo abonement bo’yicha, shu jumladan elektron pochtadan foydalangan holda xizmat ko’rsatadi.
- Axborotlarni qidirib topish, ularni mustaqil ta’lim olishda, o’quv jarayonida va ilmiy ishlarda qo’llanish, kutubxonaning ma’lumotnoma-bibliografik apparatiga, axborot tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayanish ko’nikmalarini shakllantiradi.
- Foydalanuvchilar uchun informatika, kutubxonashunoslik va bibliografiya asoslari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qiladi.
- Mintaqaning boshqa ARM, AKM va kutubxonalari bilan muvofiqlashtirgan holda aholining kitoblarga bo’lgan talablari, shuningdek ta’lim kasb-hunar dasturlari, o’kuv rejalari hamda ilmiy tadqiqotlar tematikalariga muvofiq fondni to’ldirishni ta’minlaydi. O’quv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi nashrlarni sotib oladi.
- Fondlarni to’ldirish manbalarini mustaqil ravishda belgi- laydi. ARM, AKM, kutubxonalar hamda respublikadagi boshqa muassasa va tashkilotlar bilan kitoblar ayirboshlashni, shuningdek zaruriyatga ko’ra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va tashki- lotlari bilan xalqaro kitoblar ayirboshlashni amalga oshiradi.
3.9. Fondlarni to’ldirish rejalariga tuzatishlar kiritish, ta’lim muassasalari uchun adabiyotlar chiqarishni rejalashtirish hamda foydalanuvchilarning va fondlar tarkibining axborotlarga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiqlashtirish maqsadida kitobxonlar talabi qondirilishi darajasini o’rganadi. Barcha toifadagi foydala- nuvchilarning o’quv va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlan- ganligini tahlil qiladi. Ilg’or axborot-kutubxona texnologiyasini, tadqiqot ishlari natijalarini joriy etadi. Kitobxonlar qiziqish- larini o’rganish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazadi.
- Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularning saqlanishini, saqlash rejimini, hujjatlar nusxasini olishni va mikrofilümga ko’chirishni ta’minlaydi.
- Hujjatlarni hisobdan chiqarishning ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelishilgan tartibiga, amaldagi me’yoriy va huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni kutubxona fondidan chiqaradi va sotadi. Sohaga oid bo’lmagan va ortiqcha, o’xshash nusxa adabiyotlarni qayta taqsimlashni amalga oshiradi. Kitoblarni belgi- langan tartibda aholiga sotishni tashkil qiladi.
- Fondlarni ko’p sohali bibliografik aks ettirish yordami- da an’anaviy va elektron manbalarda kataloglar va kartotekalar tizimini yuritadi.
Kitobxonlarga avtomatlashtirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar ko’rsatish imkonini beradigan respublika yig’ma kataloglarni, shu jumladan elektron kataloglarni tuzishda qatna- shadi.
3.14. Boshqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta’lim muassasalarining jamoat tashkilotlari, respublika AKMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi.
3.15. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalari- ga ega bo’lgan boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, shuningdek muassasalar va tashkilotlar o’rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq o’zaro hamkorlik qiladi.
4. ARMlarning huquq va majburiyatlari
4.1. ARM quyidagi huquqlarga ega:
· Nizomda ko’rsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq o’z faoliyatining mazmunini va aniq shakllarini mustaqil ravishda belgilash;
· ARM tuzilmasini, shtat ro’yxatini va undan foydalanish qoidalarini ishlab chiqish hamda ularni ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlash;
· markazga berilgan mablag’larni tasarruf etish;
· yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq to’lash fondi doirasida lavozim maoshlarini; lavozim maoshlariga ustamalar va qo’shimcha to’lovlarni; xodimlarni mukofotlash tartibi va miqdor- larini belgilash;
· foydalanuvchilarga noyob va qimmatli nashrlarni berishda, shuningdek ARMdan foydalanish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda garov summasini belgilash;
· ARMdan foydalanish qoidalariga muvofiq, foydalanuvchilar tomonidan ARMga yetkazilgan zararni undirish turlari va miqdor- larini belgilash;
· yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar asosida ARMning kutubxona fondidan foydalanish shartlarini belgilash;
· ta’lim muassasasining ta’lim kasb-hunar dasturlari, o’quv rejalari, ilmiy-tadqiqot ishlari tematikasi bilan tanishish. Uning tarkibiy bo’linmalaridan ARM oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni olish;
· turli muassasalarda, tashkilotlarda ta’lim muassasasi nomi- dan vakillik qilish, kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari bo’yicha ilmiy konferentsiyalar, yig’ilishlar va seminar- lar ishida bevosita qatnashish;
· boshqa ARMlar, kutubxonalar, tashkilotlar bilan belgilangan tartibda yozishmalar olib borish;
· amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlashmalariga kirish;
· axborot-kutubxona ishini rivojlantirishning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oshirishda tanlov yoki boshqa asosda qatnashish;
· xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boshqa muassasa va tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshirish, shu jumladan zaruriyatga ko’ra xalqaro kitoblar ayirboshlashni yuritish, belgilangan tartibda xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish, xalqaro kutubxonachilik va boshqa dasturlarni amalga oshirishda qatnashish.
- ARM fondlarning saqlanishi uchun javob beradi.
- Ta’lim muassasasi ARM o’zining vakolatiga taalluqli funktsiyalarning bajarilmagani uchun qonun hujjatlarida belgi- langan tartibda javob beradi.
- Kutubxona - axborot fondlariga zarar yetkazilishida aybdor bo’lgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.
- ARM xodimlarining mehnat munosabatlari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
5. Boshqarish. Tuzilmasi va shtatlari.
Moddiy-texnika ta’minoti
Boshqarish.
- ARMga rahbarlik direktor (mudir) tomonidan amalga oshiriladi, u ta’lim muassasasi tomonidan, oliy kasbiy ma’lumotga ega bo’lgan va ixtisosi bo’yicha kamida 5 yil ish stajiga ega bo’lgan mutaxassislardan, mehnat shartnomasi (kontrakti) bo’yicha tayin- lanadi.
- Direktor (mudir) o’z vakolati doirasida ishlarning natijalari uchun to’liq javob beradi, barcha xodimlar uchun majburiy bo’lgan farmoyishlar va ko’rsatmalar chiqaradi.
- Kutubxona xodimlari shartnoma (kontrakt) tuzish yo’li bilan ishga qabul qilinadi.
- ARM huzurida maslahatlashuv organi sifatida, ishlarni boshqa ARM, AKM, kutubxonalar, ta’lim muassasasining ilmiy va o’quv bo’linmalari bilan kelishish uchun kutubxona-axborot kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibi ARM direktori (mudiri) taqdimiga ko’ra ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. Kitob- xonlar kutubxona muassisi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan homiylar kengashlari yoki kitobxonlarning boshqa birlashmalari faoliyatida qatnashadilar.
5.5. ARM o’z faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda hujjat- larni yuritadi hamda hisobotlarni, ish rejalarini va boshqa axborotlarni taqdim etadi.
Tuzilmasi va shtatlari.
5.6. ARM tuzilmasi muayyan ta’lim muassasasi uchun yakka tartibda ishlab chiqiladi va an’anaviy bo’linmalar (abonementlar, o’quv zallari va boshqalar)dan tashqari innovatsiya bo’limlari, sektorlar, (avtomatlashtirish, marketing bo’limlari va boshqalar)ni o’z ichiga olishi mumkin.
5.7. ARMning boshqaruv va xizmat ko’rsatish xodimlari soni ta’lim muassasalarining ARM Namunaviy shtatlari asosida, ARM oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda hamda xizmat ko’rsatiladigan aholi va ta’lim muassasasi o’quvchilari sonidan kelib chiqib, belgilangan tartibda shakllantiriladi.
Moliya-xo’jalik faoliyati.
- Ta’lim muassasasi rahbariyati to’ldirishni kafolatli moliyalashtirishni, ARMni amaldagi me’yorlarga muvofiq zarur xizmat va ishlab chiqarish xonalari, elektron-hisoblash hamda nusxa ko’chirish-ko’paytirish texnikasi va tashkiliy texnika bilan ta’minlaydi.
- ARM ta’minoti uchun xarajatlar ta’lim muassasasining umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
5.10. ARM o’zining subhisob raqamiga ega bo’lishi mumkin, unga markaz tomonidan pullik qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish hisobiga jalb etiladigan mablag’lar kiritiladi.
6. ARMni qayta tashkil etish va tugatish
- ARMni qayta tashkil etish va tugatish (qo’shish, ajratish, ayirish, birlashtirish, qayta o’zgartirish) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi qaroriga ko’ra, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
- ARMni qayta tashkil etishda barcha hujjatlar (boshqaruv, moliya-xo’jalik hujjatlari, shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar va boshqalar), mol-mulk va fondlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
“Ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi to’g’risida namunaviy Nizomi”
Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiq- lashtirish bo’yicha idoralararo kengash majlisining
2006 yil 6 noyabr bayonnomasi bilan tasdiqlangan